MYU direktori: "Fergyuson ketganidan so'ng bizda hozir eng kuchli jamoa bor"

Aziz Tukhtamuradov
25 dek 2021, 09:23
"Manchester Yunayted" sport direktori Jon Merto klubdagi holat haqida gapirdi.

"Tarkibni kuchaytirish bo'yicha tizimimiz qayta ko'rib chiqildi. Yoshlar akademiyasini kuchaytirdik. Bu yo'nalishdagi investiciyamiz kelajakda o'z mevasini beradi. 

Aleks Fergyuson murabbiylik faoliyatini yakunlaganidan keyingi davrni hisoblaydigan bo'lsak, hozirda bizda eng kuchli tarkib bor. Shuningdek iqtidorli yoshlar yetishib chiqmoqda", - dedi Merto muxlislar bilan uchrashuvda. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: The Mirror