MYU Dembele uchun 50 million evro taklif etmoqchi

20 yanv 2020, 23:57
“Lion” hujumchisi Musa Dembele “Manchester Yunayted” qiziqishlari doirasida, deya xabar bermoqda Foot Mercato.

Ingliz klubi 23 yoshli futbolchini Fransiya kubogi doirasida “Nant”ga (4:3) qarshi uchrashuvda kuzatdi. Ushbu bahsda Dembele raqib darvozasini ishg'ol etishga erishdi.

MYU futbolchi uchun 50 million evro va yana qo'shimcha bonuslar taklif qilmoqchi.

Manchesterliklarning hujumchisiga qiziqishiga sabab sifatida Markus Reshfordning jarohat olganligi ko'rsatilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: Foot Mercato