MYU darvozaboni Xenderson qishda ijaraga ketishi mumkin

Alisher
22 sen 2021, 14:13
"Manchester Yunayted" darvozaboni Din Xenderson qishda ijara asosida boshqa klubga ketishi mumkin.

O'yinchi ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lmoqchi va boshqa jamoaga o'tish bunga imkon beradi deb hisoblamoqda.

Eslatib o'tamiz, Xenderson 2019/20 yilgi mavsumni ijara asosida "Sheffild Yunayted"da o'tkazdi.

U o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 26ta o'yinda maydonga tushib, o'z darvozasidan 23ta to'p olib chiqdi. Uning MYU bilan shartnomasi 2025 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: The Sun