

Ma'lum bo'lishicha, klub rahbariyati gollandiyalik mutaxassisga keyingi ikki o'yinda mag'lub bo'lmaslik shartini qo'ydi. Agar MYU Premer-liganing keyingi uchrashuvlarida "Stok Siti" yoki "Chelsi"ga mag'lub bo'lsa van Gal iste'foga chiqariladi.
Jamoa futbolchilari mutaxassisning taktik sxemalari va murabbiylik usullaridan norozi, rahbariyat esa hozirgi vaziyatdan havotirda. Oldinroq "Chelsi" bilan shartnomasini bekor qilgan Joze Mourinyo MYUni boshqarishi haqida xabar qilingan edi.



