MYU, "Chelsi" va "Tottenxem" Karraskoga qiziqmoqda

Alisher
24 iyun 2022, 10:16
"Atletiko" yarim himoyachisi Yannik Karrasko faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.

28 yoshli belgiyalik futbolchi uchun "Manchester Yunayted", "Chelsi" va "Tottenxem" da'vogarlik qilmoqda.

Oldinroq ma'lum bo'lganidek, o'yinchini xarid qilish bandida 60 mln evro tovon puli yozilgan.

Karrasko o'tgan mavsum "Atletiko" tarkibida 44ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol va 5ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: As