MYU bosh murabbiyi "Manchester derbisi"da ko'rinish bermagan Reshford va Garnacho masalasida gapirdi

Sherzod Nurmatov
16 dek 2024, 12:35
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorim "Manchester Siti" bilan derbida Markus Reshford va Alexandro Garnachoning ishtirok etmagani xususida fikr bildirdi.

E'tiborlisi, futbolchilarning sog'lig'ida hech qanday muammo yo'q edi.

"Klubdagi odamlar ishlarini yo'qotmoqda, shuning uchun biz standartlarni nihoyatda yuqori darajaga ko'tarishimiz kerak. Agar bu intizomiy sabab bo'lsa, ochig'ini aytgan bo'lardim.

Biz Markus bilan bir narsani sinab ko'rdik, ammo bu ish bermadi. Shunday qilib, keling, hozirgiday o'ynashda davom etaylik yoki boshqa narsani o'ylab ko'raylik. U va Garnacho jamoadagi o'rni uchun kurashishi kerak.

Menimcha, hozirgi davrda tarkiblar sizib chiqishi muammosini hal qilib bo'lmaydi. Buni kim qilayotganini aniqlash juda qiyin. Bu yoqimsiz narsa, lekin keling, olg'a yurishda davom etamiz. Ko'ramiz, ular keyingi uchrashuv tarkibi haqida xabar topisharmikan", – dedi Amorim.

Avvalroq Garnacho MYU tarkibini uchrashuvdan ancha avval tarqatib yuborishda ayblanayotgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ESPN