MYU Beylni sotib olish uchun Marsyalning narxini ko'tardi

Mirjalol Normatov
30 may 2018, 12:31
"Daily Mail" xabariga ko'ra, MYU "Real" vingeri Garet Beylni sotib olish fikridan voz kechmagan.

Biroq MYU uellik futbolchini sotib olish uchun katta mablag' to'lay olmaydi. Shu boisdan rahbariyatdagilar jamoadan ketishi kutilayotgan Antoni Marsyalni 100 mln funtga sotishni niyat qilmoqda.

Ayni damda fransiyalik futbolchining xizmatlariga "Chelsi", "Tottenxem", "Bavariya" va "Yuventus" kabi jamoalar tomonidan qiziqishlar bo'lmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Daily Mail