MYU "Arsenal" himoyachisi bilan shartnoma tuzmoqchi

Sherzod Nurmatov
24 yanv 2025, 12:51
"Manchester Yunayted" "Arsenal" markaziy himoyachisi Eyden Xevenga qiziqish bildirmoqda.

Insayder Fabricio Romanoning so'zlariga ko'ra, mankunianlar rahbariyati allaqachon "kanonirlar"ga 18 yoshli futbolchini transfer qilish bo'yicha taklif bilan chiqqan.

Xeven hozirda "Arsenal"ning o'rinbosarlar jamoasida o'ynaydi va asosiy jamoada faqat 1 ta rasmiy o'yin o'tkazgan.

Transfermarkt portalida ingliz futbolchisi 300 ming evroga baholanmoqda. Avvalroq unga "Barselona" va Germaniyaning "Ayntraxt" jamoalari qiziqish bildirgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: x.com/FabrizioRomano