MYU agar CHLga chiqa olsa, Sancho uchun 120 million evro to'lashga tayyor

Alisher
15 iyul 2020, 15:17
"Manchester Yunayted" "Borussiya" (Dortmund) yarim himoyachisi Jeydon Sanchoni xarid qilmoqchi.

Angliya klubi agar kelasi mavsum Chempionlar Ligasiga yo'llanmani qo'lga kirita olsa, "Borussiya" talab qilayotgan 120 million evroni to'laydi.

Agar "Manchester Yunayted" Yevropa Ligasida o'ynasa, hech qanday bitim amalga oshmaydi.

Eslatib o'tamiz, "Borussiya" shart qo'ygan: agar MYU Sanchoni sotib olishni xohlasa, bitim 10 avgustga qadar yakunlanishi kerak.

Sancho joriy mavsum Bundesliga doirasidagi 32ta o'yinda maydonga tushib, 17ta gol va 16ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Bild