MYU 8 nafar futbolchisi bilan xayrlashish niyatida - ro'yxatda Lingard va Antoni Marsyal ham bor

Omonjon To`xtamirzayev
27 iyul 2021, 15:44
"Manchester Yunayted" yangi transferlar uchun mablag' ishlab olish uchun qator o'yinchilarni sotib yuborish payida.

Klub egasi bo'lmish Gleyzerlar oilasi Ole-Gunnar Sulsherga yozgi transferlar uchun 100 mln funt ajratgan. Xavbek Jeydon Sanchoning jamoaga kelib qo'shilgani va yaqin vaqtlarda rasman e'lon qilinishi kutilayotgan "Real" himoyachisi Rafael Varanning transferidan keyin xarajatlar belgilangan summadan o'tib ketadi.

Shu sabab mankunianlar bazi futbolchilarni transferga qo'yish niyatida. Bu himoyachilar Aleks Telles, Diog Dalot, Fil Jons, Brendon Uilyams, yarim himoyachilar Andreas Pereyra, Deniel Jeyms va Jessi Lingard.

Shuningdek, MYU hujumchi Antoni Marsyal borasida jiddiyroq taklif tushsa, futbolchi bilan xayrlashishga tayyor.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: sports.ru