MYU 19 yoshli futbolchisini "Kan"ga ijaraga berib yubordi

Mirjalol Normatov
16 avg 2020, 13:50
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Aliu Traore faoliyatini Fransiyaning 2-ligasida davom ettiradi

"Goal" xabariga ko'ra, 19 yoshli futbolchi ijara asosida "Kan"da faoliyat olib boradigan bo'ldi. Traore hozircha asosiy jamoa tarkibida birorta o'yinda qatnashmadi.

Aliu ushbu mavsumda mankunianliklarning zaxira jamoasi tarkibida 14 o'yinda qatnashdi va 4 bora raqiblari postiga yo'l topdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal