MYU 100 million funtlik transferni amalga oshirishga tayyor

Alisher
28 okt 2019, 17:57
"Manchester Yunayted" hali hanuz Dortmundning "Borussiya" jamoasi yarim himoyachisi Jeydon Sanchoga qiziqmoqda.

Dortmund klubi ehtimoliy xaridorlarni "qo'rqitish" uchun Sanchoning narxini 100 million funt etib belgiladi.

Ammo, MYU 19 yoshli o'yinchi uchun shuncha pul sarflashga tayyor bo'lib turibdi.

"Manchester Yunayted" yozgi transferlar oynasi vaqtida ham Sancho bilan shartnoma imzolashni xohlagan edi, xavbek esa yakunda "Borussiya"da qoldi.

Sancho joriy mavsum nemis klubida 8ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol urishga erishgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: The Sun