Mxitaryan uchun mavsum yakunlangan bo'lishi mumkin

Eldor Akmurzayev
30 apr 2022, 09:15
“Roma” a'zosi Genrix Mxitaryan Konferenciyalar Ligasi doirasida o'tgan “Lester”ga qarshi o'yinda jarohat oldi.

Tibbiy tekshiruvlar natijasida uning mushaklari lat egani ma'lum bo'ldi. Armanistonlik 2 haftani o'tkazib yuborishi aytilmoqda. Shuningdek, Italiya nashrlari 33 yoshli hujumkor yarim himoyachi uchun mavsum yakunlangan bo'lishi mumkinligini taxmin qilishmoqda.

Avvalroq, Mxitaryan “bo'rilar” bilan shartnomasi uzaytirishga tayyorligi xabar qilingandi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Calciomercato