

“Arsenal”ga kelishim bilan bu jamoada o'zimga nisbatan iliqlikni his qilganman. Bu yerda barchamiz bir oilamiz va hamma men uchun qayg'uradi.
“Arsenal” doim hujumkor o'yin namoyish etadi. Mourinyo qo'l ostida MYU boshqacha o'yin namoyish etmoqda. Men kimnidir ayblash yoki tanqid qilmoqchi emasman. Bu shunchaki boshqacha falsafa. Shu bois “Arsenal” menga MYUga nisbatan ko'proq yoqadi, deb aytolmayman”, deya Mxitaryanning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda The Sun.



