Mxitaryan: "Ikkinchi gol urilgan vaziyatda u yerda bo'lmasligim kerak edi"

Aslanov Jasurbek
25 may 2017, 17:43
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Genrix Mxitaryan "Ayaks"ga qarshi Yevropa ligasi final uchrashuvida urgan goli haqida gapirib berdi.

"To'g'risini aytsam, o'sha vaziyatda u yerda bo'lmasligim kerak edi. Orqaroqda turishim kerak bo'lgan. Ammo o'sha paytgacha sariq kartochka olishga ulgurgandim, Errera darvozabon oldida o'ynashimni aytdi. To'pni ko'rdim, oyog'imni ko'tardim va ajoyib gol urdim" - deydi Mxitaryan.

"Manchester Yunayted" Yevropa ligasi finalida qay tarzda g'alabaga erishdi? VIDEO

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com