Mxitaryan "Borussiya" safidagi ikkinchi golini urdi

Narzulla Saydullayev
17 iyul 2013, 12:03
Dortmundning "Borussiya" klubi Shveytsariyaning "Lyucern" klubini o'rtoqlik uchrashuvida mag'lub etdi.
Hisobni Marvin Duksh ochdi, Robert Levandovski hisobni oshirdi. Dario Leckano bitta javob to'pini kiritgan bo'lsa dortmundliklar yangi futbolchisi Genrix Mxitaryan yana ikki to'p farqini tikladi - 3:1.
 
Bu armanistonlik futbolchining "Borussiya" safida uchinchi o'yindagi ikkinchi golidir. Genrix kechagi o'yinda gol urib jarohat oldi va maydonni tark etdi. Futbolchi 27 iyul kungi Germaniya Superkubogida "Bavariya"ga qarshi maydonga tusha oladi.
 
Ikkinchi bo'limda Marko Roys "Lyucern" darvozasiga o'yindagi so'nggi golni urdi - 4:1.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: soccer.Ru