Mxitaryan "Borussiya" bilan shartnomasini uzaytirmaydi

Tolibjon Qosimov
15 iyun 2016, 10:25
Dortmundning "Borussiya" jamoasi bosh direktori Xans-Yoaxim Vatcke yarim himoyachi Genrix Mxitaryan klub bilan shartnomasini uzaytirmasligini tasdiqladi.
Genrixning kelishuv muddati 2017 yilning 30 iyunida o'z nihoyasiga etadi.

"Ortda qolgan to'rt oy davomida biz muzokaralar olib bordik, lekin yangi kelishuv bo'lmasligi ma'lum bo'ldi.
Lekin, Mxitaryan ushbu transfer oynasida "Borussiya"ni tark etishiga kafolat yo'q", - deb aytib o'tdi Vatcke.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Bild