Muxlislar Xummelsdan "Bavariya"ga o'tmaslikni iltimos qildi

Aslanov Jasurbek
22 apr 2016, 16:10
"Black Forest" deb nomlangan Dortmundning "Borussiya" klubi muxlislari jamoa himoyachisi Mats Xummelsdan jamoani tark etmaslikni iltimos qildi.

Oldinroq ispan OAVda futbolchi "Bavariya"ga o'tishi mumkinligi borasida yangiliklar e'lon qilingan edi.

"Barchamiz Mats "Borussiya" bilan shartnoma uzaytirishini istaymiz. Siz faqat shu yerda sovrinlar yutib, afsonaga aylanishingiz mumkin. Hurmatli Mats, sizdan shartnomani uzaytirishingizni so'raymiz" - deyiladi 250ga yaqin muxlis murojaatida.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com