Mutko: "RFI 150 ming evro miqdorida jarimaga tortildi. Biz nima, neft kompaniyasimizmi?

Aslanov Jasurbek
15 iyun 2016, 23:12
Rossiya futbol ittifoqi (RFI) prezidenti Vitaliy Mutko UEFAning RFIga nisbatan qo'llagan jazosi borasida fikr bildirdi.

"Biz 150 ming evro miqdorida jarima to'lashimiz kerak. Biz nima, neft kompaniyasimizmi? Bunday jarima yozib beradiganlar o'ziga savol berishi kerak: RFIdek jamoat tashkilotida shuncha pul bormi? Bunday qarorlardan uyalishlari kerak, ammo biz bo'ysundik" - deydi Mutko.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com