“Mustaqillik kubogi-2016” g'olibi – “Bunyodkor”

Narzulla Saydullayev
23 avg 2016, 10:39
“Bunyodkor” futbol klubi tashabbusi bilan 14-19 avgust kunlari mamlakatimiz Mustaqilligining 25 yilligiga bag'ishlab musobaqa o'tkazildi.

Turnir 2002 yilda tug'ilgan futbolchilar o'rtasida tashkil etilib, unda jami 6ta jamoa ishtirok etdi. Bular: “Bunyodkor-A” (Toshkent), “Nasaf” (Qarshi), “Mashal” (Muborak), “Sho'rtan” (G'uzor), “Navbahor” (Namangan) va “Bunyodkor-B” (Toshkent). Har bir jamoa bir-birlari bilan davraviy tizimda o'zaro bittadan uchrashuv o'tkazib, yakunda eng yaxshi ko'rsatkich qayd etgan jamoa g'olib deb e'lon qilindi.

E'tiborlisi, musobaqa yakuniga ko'ra “Bunyodkor-A” va Qarshining “Nasaf” jamoalari jamg'argan ochkolar bir xil – 10tadanni tashkil etdi. Turnir nizomiga ko'ra, o'zaro o'yinlardagi ko'rsatkichlar g'olib nomiga oydinlik kiritdi. Unda “Bunyodkor-A” futbolchilari o'zaro uchrashuvda “Nasaf”ni 3:0 hisobida mag'lubiyatga uchratishgani bois “Mustaqillik kubogi-2016” musobaqasi g'olibi deb topildilar. Ikkinchi o'rin “Nasaf”ga, uchinchi pog'ona esa Muborakning “Mashal” jamoasi tarbiyalanuvchilariga nasib etdi.

Natijalar bilan tanishing:

1-tur. 14 avgust

“Bunyodkor-A” – “Sho'rtan” 0:3
“Navbahor” – “Mashal” 1:4
“Nasaf” – “Bunyodkor-B” 3:1

2-tur. 15 avgust
“Bunyodkor-B” – “Navbahor” 1:1
“Mashal” – “Sho'rtan” 4:1
“Nasaf” – “Bunyodkor-A” 0:3

3-tur. 16 avgust
“Sho'rtan” – “Bunyodkor-B” 1:3
“Bunyodkor-A” – “Mashal” 0:0
“Navbahor” – “Nasaf” 1:2

17 avgust. DAM OLISH KUNI

4-tur. 18 avgust
16:00. “Mashal” – “Bunyodkor-B” 1:1
17:15. “Nasaf” – “Sho'rtan” 2:1
18:30. “Bunyodkor-A” –“Navbahor” 4:1

5-tur. 19 avgust
08:30. “Sho'rtan” – “Navbahor” 4:4
10:00. “Nasaf” – “Mashal” 1:1
11:15. “Bunyodkor-B” – “Bunyodkor-A” 0:5


 

#JamoaO'YUDMT-FO
1“Bunyodkor-A”531112-410
2“Nasaf”53118-710
3“Mashal”523010-49
4“Bunyodkor-B”51226-115
5“Sho'rtan”511310-134
6“Navbahor”50235-152
 


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcbunyodkor.com