Mussa Sissoko 30 million funt evaziga Tottenxemga o'tdi
Narzulla Saydullayev
1 sen 2016, 08:30
Nyukasl yarim himoyachisi Mussa Sissoko faoliyatini Tottenxemda davom ettiradi.
BBC xabariga ko'ra transfer 30 mln funtga baholanmoqda. Fransiyalik futbolchi London klubi bilan 5 yillik shartnoma tuzdi. Eslatib o'tamiz, Sissokoga Everton ham da'vogarlik qilayotgandi.