Murod Ismoilov: "Neftchi" qiyin vaziyatdan chiqishga harakat qiladi"

Narzulla Saydullayev
5 iyun 2014, 21:10
"Bunyodkor" - "Neftchi" uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida dastlab mehmonlar bosh murabbiyi ishtirok etdi.
"Bunyodkor”da o'zgarishlar yuz berganini bilardik. Shu boisdan ham bugungi bahsga jiddiy tayyorgarlik ko'rishda qiynaldik. Yangi murabbiy qanday tarkibni maydonga tushirishini aniqlashda qiynaldik. “Bunyodkor”dek kuchli jamoaga qarshi himoyadan o'ynashga majbur bo'ldik. O'tgan uchrashuvda “Dinamo”ni kichik hisobda engdik. O'sha o'yinda yigitlar biroz o't olgandek bo'lishdi. Bugun ham sal o'sishni sezdik. Hozirgi ahvolimiz uchun yomon o'ynamayapmiz, degan bo'lardim. Davralar oralig'ida o'zgarishlar bo'ladi. 

Biz qiyin vaziyatdan chiqishga urinamiz. Yosh futbolchilarga ishonishda davom etamiz. Bugun Rasulov, Bobojonov kabi yoshlarga imkon berdik", - deydi Ismoilov.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia