

Ganaliklar Portugaliya, Janubiy Koreya va Urugvay joy olgan guruhda oxirgi bo'ldi.
“Eskicha fikrlashni xohlamayman, ammo o'yinlar oldidan kiyim almashtirish xonasida TikTok'da o'tirish odatiy hol emas. Xayol faqat o'yin haqida bo'lishi kerak, chunki seni 30 mln kishi, butun millat kuzatib boradi”, degan Muntari.
Eslatib o'tamiz, 38 yoshli sobiq yarim himoyachi 2002-2014 yillarda Gana TJ sharafini himoya qilgan. U 2019 yil “Albasete” safida butsasini mixga ilgandi.



