Muhammadiev, Sayfiev, Shomurodov va A'zamov MTJ lagerini tark etdi

Narzulla Saydullayev
31 avg 2015, 20:13
"Nasaf" klubining 4 nafar futbolchisi milliy terma jamoa lagerini tark etdi.

Shuhrat Muhammadiev, Farruh Sayfiev, Ilhom Shomurodov va Sherzod A'zamovga bugun murabbiylar shtabi javob bergan. Ma'lumot uchun, terma jamoaning yig'iniga 30 nafar futbolchi chaqirilgandi va ularning 18 nafari rasmiy o'yin qaydnomasiga kiritilardi. 

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston - Yaman uchrashuvi 3 sentyabr kuni Toshkentdagi "Paxtakor" stadionida bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia