

"Jahon chempionati kutganimizdek, yaxshi o'tdi. Ozgina omad etishmadi. Xudo xohlasa, keyingi chempionatlarda ijobiy natija bo'ladi", – dedi Habibullaev.

- Kelajakdagi rejalar qanaqa?
- To'xtab qolish yo'q. Xudo xohlasa, keyingi musobaqalarda yo'l qo'ygan xatolarimizni takrorlamaslikka harakat qilamiz.
- Eng qiyin uchrashuv qaysi bo'ldi?
- Menimcha, oxirgi uchrashuv - Italiya bilan bahs. Ular to'p nazoratini qo'lga olgan holda o'ynadi.
- Zaif tomonlarimiz nimada edi?
- 1:1 qilganimizdan keyin gol o'tkazib yubordik. Bu goldan so'ng uyg'onishimiz qiyin bo'ldi va navbatdagi golni ham darvozamizdan olib chiqdik. Ushbu mundial biz uchun juda katta tajriba bo'ldi deya olaman.



