MTJ: To'rt nafar legioner ertaga keladi

Narzulla Saydullayev
28 fev 2014, 18:18
Kechadan Mirjalol Qosimov boshchiligidagi O'zbekiston terma jamoasi navbatdagi yig'inni boshladi.
BAAga qarshi o'yindan oldingi yig'inga xorij klublarida to'p tepayotgan futbolchilar kelib qo'shilishda davom etishadi.

Ertaga Vitaliy Denisov ("Lokomotiv" Rossiya), Odil Ahmedov ("Anji" Rossiya), Anzur Ismoilov ("Chanchun Yatai" Xitoy), Bahodir Nasimov ("Neftchi" Ozarboyjon) kabi legionerlarimiz Toshkentga yetib kelishadi.

Bundan tashqari Turkiyada yig'in o'tkazgan "Paxtakor" jamoasi ham ertaga yurtimizga qaytib keladi. Bu klubdan termaga chaqiruv olganlar terma yig'iniga qo'shilishadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia