MTJ mashg'ulotlaridan. Darvozabon - yarim jamoa (foto)

Nadirkhuja Yuldashev
4 sen 2013, 13:53
Ignatiy Nesterovning jarohati hammamizni xavotirga solyapti. Yaxshi darvozabonlarimiz kam emas, ammo xalqaro tajriba borasida biroz oqsashlari mumkin.

Aslini olganda, terma jamoa tarkibiga bugungi kunda ikkinchi bo'lishi mumkin bo'lgan eng yaxshi posbonlar yig'ilgan. Aleksandr Lobanov mana ikki yildan beri OCHLda ishtirok etyapti. Eldor Suyunov 2013 yilgi mavsum kashfiyoti bo'lishi kutilmoqda. "Nasaf"ning muvaffaqiyatida ushbu darvozabonning xizmati katta bo'lyapti. Yana bir darvozabonimiz Murod Zuhurov esa Nesterovning "Bunyodkor"dagi o'rinbosari.

Aleksandr, Murod va Eldor! Sizlarga xalq nomidan shuni aytishimiz mumkin-ki, hayajonni bosing! Raqibdan cho'chimang, o'z kuchingizga ishoning. Inson qilgan ishni inson qila oladi. Sizlarni qo'lini duoga ochgan Vatan xalqi qo'llaydi. Shunday ekan, OMAD!

Nadirkhuja YuldashevMuallif
Manba: championat.asia