

20 yoshli hujumchi Moyze Kin oyoq mushaklaridagi muammolar sabab Italiya terma jamoasi yig'inini tark etdi va PSJ ixtiyoriga qaytdi. Endi futbolchi klubi safida tiklanish jarayonini o'tkazadi.
Shu tariqa Kin Italiya termasiga Millatlar Ligasi doirasida o'tkaziladigan Polsha (15 noyabr) hamda Bosniya va Gertsegovina (18 noyabr) termalariga qarshi bahslarda yordam bera olmaydigan bo'ldi.



