Mourinyu sensacion tarzda “Real”ga qaytishi mumkin

Eldor Akmurzayev
22 mar 2023, 08:25
Bu haqda jurnalist Oyer Fano xabar bermoqda.

Unga ko'ra, “Real” ustozi Karlo Anchelotti yozda jamoadan ketishi kutilmoqda. Joze Mourinyuning “Roma” bilan shartnomasi 2024 yilgacha amal qilsa ham, uning klubdagi kelajagi so'roq ostida qolmoqda. Madridliklar esa “Special one”ni ortda qaytarish variantini jiddiy o'rganib chiqmoqda.

Joze 2010-2013 yillarda “qaymoqranglilar” ustozi sifatida faoliyat olib borgan. Jamoa shu davrda Ispaniya chempionligi, kubogi va Superkubogini qo'lga kiritgan.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: euro-football.ru