Mourinyu Portugaliya klubini boshqarishi mumkin

Aslanov Jasurbek
5 yanv 2019, 11:41
"Manchester Yunayted"dan ketgan portugaliyalik mutaxassis Joze Mourinyu faoliyatini vatanida davom ettirishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, Mourinyuga "Benfika" qiziqish bildirmoqda. Bir necha kun oldin lissabonliklar rahbariyati Rui Vitoriyuni iste'foga chiqargan edi.

"Benfika" 15ta turdan so'ng Portugaliya chempionati turnir jadvalida 32 ochko bilan to'rtinchi o'rinni egallab turibdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Record