Mourinyu murabbiylik faoliyatini davom ettirishga yaqin

Khoja
17 sen 2025, 10:55
Joze Mourinyu "Benfika" bosh murabbiyi bo'lishga asosiy nomzod bo'lib turibdi.

Tomonlar allaqachon muzokaralarni boshlab yuborishgan.

Kecha "Benfika" ECHLning birinchi turida "Qarabax" jamoasiga (2:3) hisobida mag'lub bo'lganidan so'ng portugaliklar prezidenti Ruy Koshta jamoa bosh murabbiyi Brunu Laje boshqa "Benfika"ni boshqarmasligini ma'lum qilgandi.

Eslatib o'tamiz, Joze Mourinyuning oxirgi ish joyi "Fenerbaxche" bo'ldi. Portugaliyalik Chempionlar Ligasining umumiy bosqichiga chiqa olmagani uchun turk klubidan haydaldi

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: skysport