Mourinyu Millatlar ligasi uchrashuvini stadiondan kuzatdi

Aslanov Jasurbek
16 noya 2018, 18:45
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyu Belgiya hamda Islandiya o'rtasidagi Millatlar ligasi o'yiniga (2:0) tashrif buyurdi.

Portugaliyalik mutaxassis o'yinni 65 daqiqa kuzatdi. Mourinyu stadionni tark etayotganida unga savol berishdi.

- Tumanli Belgiyaga sizni nima olib keldi?

- Ob-havo - deya javob qaytardi portugaliyalik.

Ushbu o'yinda MYUning hech bir futbolchisi ishtirok etmadi. Ammo oldinroq "Tottenxem" himoyachisi Tobi Alderveyreld MYUning transfer maqsadiga aylangani aytilgan edi.

Alderveyreld Islandiyaga qarshi bahsda to'liq o'ynadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sports.ru