Mourinyu: "Lukakuga dam bersak, hujumchi poziciyasida kim o'ynaydi?"

Aslanov Jasurbek
27 okt 2018, 12:57
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyu hujumchi Romelu Lukakuga nega dam bera olmasligi haqida aytib berdi.

"Agar Lukakuga dam olish imkoniyatini bersak, unda hujum poziciyasida kim o'ynaydi? Rashford? Qanotda kim harakat qiladi? Ayni damda bizda futbolchilarning charchog'i haqida o'ylash uchun vaqt va imkoniyat yo'q. Safda bo'lganlar o'ynashadi" - deydi mutaxassis.

Joriy mavsum Lukaku "qizil iblislar" safida 9ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports