Mourinyu: "Brentford" men uchun Chempionship emas, APL darajasidagi jamoa"

Alisher
24 dek 2020, 13:08
"Tottenxem" bosh murabbiyi Joze Mourinyu Angliya Liga Kubogi yarim finaliga yo'l olganidan so'ng jurnalistlar bilan suhbatlashdi.

"Shporlar" 1/4 finalda "Stok Siti"ni 3:1 hisobida taslim etishdi.

"Ushbu sovrinni qo'lga kiritishimiz uchun ikkita o'yinda g'alaba qozonishimiz kerak. Ammo, bu ikkita oson bo'lmagan o'yin bo'ladi. Juda kuchli raqiblar qoldi.

Shaxsan men uchun "Brentford" - Premer-liga darajasidagi jamoa, Chempionship emas", - deydi portugaliyalik mutaxassis.

"Tottenxem" liga Kubogi yarim finalida "Brentford" bilan to'qnash keladi. O'yin 2021 yilning birinchi haftasida o'tkaziladi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sky Sport