Mourinyu Braziliyaga rad javobini berdi

Sherzod Nurmatov
10 yanv 2023, 10:39
"Roma" bosh murabbiyi Joze Mourinyu Braziliya terma jamoasini boshqarishdan bosh tortdi, deb xabar berdi Sport.es.

Manbaning xabariga ko'ra, 59 yoshli mutaxassis Italiya klubida qolib, jamoa bilan bir nechta sovrinlarni qo'lga kiritmoqchi.

Avvalroq "Portu" sobiq futbolchisi Karlos Alberto Mourinyu terma jamoa bosh murabbiyi bo'lishi mumkinligini aytib, unga Joze yordamchi bo'lishni taklif qilganini ochiqlagandi.

Braziliya terma jamoasi Tite ketganidan keyin murabbiysiz qoldi. 61 yoshli mutaxassis Qatarda bo'lib o'tgan JCH-2022 chorak finalida Xorvatiyaga penaltilar seriyasida (1:1, penaltilar bo'yicha – 2:4) mag'lub bo'lgach, iste'foga chiqqanini ma'lum qildi. U terma jamoada 2016 yildan buyon faoliyat yuritib kelayotgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sport.es