Mourinyu A Seriya klubi bilan muzokara o'tkazmoqda

Aslanov Jasurbek
4 may 2019
Portugaliyalik mutaxassis Joze Mourinyu faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, 56 yoshli mutaxassis "Roma" bilan muzokara olib bormoqda. Eslatib o'tamiz, "Roma" mart oyining boshida Eusebio di Franchesko bilan xayrlashgan edi. Mavsum oxirigacha klubni Klaudio Raneri boshqaradi. Agar Tomas Tuxel PSJdan ketsa Mourinyo Parij klubi taklifini ko'rib chiqishga tayyor bo'ladi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: L'Equipe