Mourinyoning yordamchisi ketmoqda. Ular 17 yil birga ishlashdi

Mirjalol Normatov
13 may 2018, 22:05
Bugun MYU matbuot xizmati 2000 yillardan buyon Joze Mourinyoga yordam berayotgan 42 yoshli murabbiy Ruy Fariyaning ketishini rasman ma'lum qildi.

Ular borasidagi ayrim ma'lumotlarga to'xtalamiz.

• Mourinyo kabi Fariya ham futbolni yuqori darajada o'ynamagan. U faoliyatini jismoniy tarbiya o'qituvchisi sifatida boshlagan, Mourinyo "Barsa"da Van Galning yordamchisi bo'lib ishlagan vaqtda ular bir biri bilan tanishib qolishgan.

• Fariya va Mourinyo 2001 yildan e'tiboran birga ishlashni boshlashgan. O'shanda Joze "Leyriya" jamoasiga ikkinchi marta bosh murabbiy etib tayinlangandi. Mour Fariyani jamoaga jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiy hamda videotahlilchi sifatida ishga taklif qilgan. Keyinchalik Fariya Mourinyoning assistenti bo'ldi va  Portugaliya, Italiya, Ispaniya va Angliyada u bilan birga ishladi.

• Mourinyo biror marta Fariyaning xarakteri haqida gapirmagan. 2011/12 yilgi mavsumda ular birga "Real"da ishlashdi va Fariyani hakamlar bilan bahslashgani uchun 4 bora chetlatishdi. 2013/14 yilgi mavsumda, Joze "Chelsi"ga qaytganida bosh hakam Mayk Din bilan bo'lgan voqeadan keyin 4 o'yinga diskvalifikaciya qilindi.

• "Qachondir men o'z o'quvchilarim haqida gapirsam, 2000 yildan keyin men bilan asosiy inson haqida gapiraman. Unda boshqalarga qaraganda potencial ko'proq. Agarda u ertaga bosh murabbiy bo'lishni istasa, yuqori darajada ishlay oladi. Shunchaki u buni istashi va g'alabalarga chanqoq bo'lishi kerak", - degandi bir necha yillar oldin Mourinyo Fariya haqida.

• Demak, uning shunday xohishi bugun paydo bo'ldi: bugun MYU Fariya jamoani tark etishini ma'lum qildi. "Olg'a intilishni o'yladim, bu esa juda yaxshi holat. Biz 17 yilni o'tkazdik. Biroq menga yangi chaqiruvlar kerak. O'tgan yillar va darslar, saboqlar uchun Joze Mourinyoga minnatdorlik bildiraman", - dedi Fariya.

• "Leyriya, Portu, London, Milan, Madrid, yana London va Manchester. Mashg'ulotlar, o'yinlar, sayohatlar, saboqlar, g'alabalar, mag'lubiyatlar, quvonch ko'z yoshlari. Intelligent talaba endi ekspertga aylanmoqda. Seni sog'inaman, do'stim! Murabbiylik faoliyatingga omadlar tilayman", - dedi Mourinyo.

• Mish mishlarga ko'ra, Fariya MYUning 18 yoshlilar jamoasi bosh murabbiyi Kiran Makkenning o'rnini egallaydi. Biroq Fariyaning o'zi ham keyingi ish joyini ma'lum qilmayapti.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: sports.ru