Mourinyo yo'q dedi, "Real"ni Raul boshqarishi mumkin

Mirjalol Normatov
22 yanv 2021
"Real" klubi rahbariyati Zinedin Zidanning iste'fosi bo'lgan taqdirda Raulning tayinlanuvini o'ylab ko'rmoqda.

Ayni damda u "Kastilya"ni boshqarmoqda. Unga qadar "Real" Maurisio Pochettino variantini ko'rib chiqqan, biroq u PSJni tanladi. O'z navbatida "Real" Joze Mourinyoga taklif jo'natgan, lekin u ham Madridga qaytmaslikni lozim topgan.

Shunday holatda Raul "Real" boshqaruvi uchun yagona nomzod bo'lib qolmoqda. Yaqindagina "Real" Ispaniya Kubogidan chiqib ketdi, shuningdek, LaLigada peshqadam "Atletiko"dan 10 ochko ortda qolmoqda.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal