Mourinyo: “Vulverxempton”ga qarshi bahs qiyin bo'ladi, ammo MYU o'z kuchiga ishonadi

21 sen 2018, 23:37
“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Joze Mourinyo APL 6-turida o'z maydonida “Vulverxempton”ga qarshi kechadigan bahs oldidan fikrlarini bildirib o'tdi.

Murabbiyning qayd etishicha, kuni kecha YCHLdagi bahs jamoaning keyingi uchrashuvga tayyorgarligiga ta’sir ko'rsatishi mumkin ekan.

“O'yinlar orasidagi ikki kunlik farqni engish oson emas. Agar sizga tayyorgarlik ko'rish uchun uch kun muddat bo'lganida, shu bir kunni taktik tayyorgarlikka sarflash mumkin. Ikki kunni esa o'tgan o'yindan tiklanish va keyingisiga tayyorgarlikka bag'ishlanadi. 

Jamoamiz uchun ishonchli va stabil o'yin ko'rsatish muhim. Biz uchta safardagi g'alabadan keyin uyimizga qaytayapmiz. Shu sabab, o'ylaymanki, “Old Trafford”da ajoyib muhit bo'ladi. Bilaman, bizga qiyin bo'ladi, ammo jamoa o'z kuchiga ishonadi”, deya Mourinyoning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda “qizil iblislar” matbuot xizmati.

“Manchester Yunayted” – “Vulverxempton” uchrashuvi 22 sentyabr kuni “Old Trafford” stadionida soat 19:00 da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: МЮ матбуот хизмати