Mourinyo shunday bo'lishini kutgan ekan

Mirjalol Normatov
2 sen 2018, 14:42
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyo omadsiz start haqida gapirdi.

"Yozdayoq chempionat qiyin bo'lishini aytgandim. Biroq bu davom etadi degani emas. Biz ikki marta mag'lubiyatga uchradik, oldinda 35 uchrashuv bor. Avvaliga "Byornli", keyinchalik "Uotford"ni mag'lub etishimiz kerak. Bu bizning maqsadimiz. Biz endi har bir uchrashuvda g'alabaga erishishimiz kerak.

O'tgan mavsumni fantastik tarzda boshlagandik, dastlabki uch o'yinda 9 ochko qo'lga kiritdik, keyinchalik durang o'ynagandik. Biroq navbatdagi ikki o'yinda mag'lub bo'ldik. Bu safar mag'lubiyat bilan boshladik. G'alabali seriyalarimiz oldinda", - dedi Mourinyo.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: FourFourTwo