
Avvalroq Serxio Ramos braziliyalik futbolchining o'zining yangi vataniga sodiq xizmat qilayotganiga shubha qilgandi.
"Jarohatlardan to'g'ri tuzalishi uchun Kostaga bu ikki hafta kerak edi. Men ularning qaroriga qarshi bora oladigan odam emasman. Serxio shifokorlardan ham aqlliroq va tibbiyot bilimlarini so'nggi ikki yilda magistr darajasida bilib olgan deb o'ylamayman" - deydi Mourinyo.