Mourinyo: "Rossiya fenomenal o'yin ko'rsata oldi"

Mirjalol Normatov
11 iyul 2018, 10:42
Ayni damda JCH o'yinlarida ekspertlik qilayotgan "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyo Rossiya termasining mundialdagi ishtiroki haqida gapirdi.

"Ko'pchilik Rossiya guruh bosqichidayoq turnirni tark etadi deb hisoblagandi. Biroq ular pley-off chiqishdi va Ispaniya hamda Xorvatiyaga qarshi bahslarda fenomenal o'yin ko'rsata oldi. Endi Rossiya termasidagilar Sergey Ignashevichning o'rniga munosib nomzod izlashlari kerak. Yosh avloddan Denis Cherishev va Aleksandr Golovin nimalarga qodir ekanligini ko'rsatib bo'lishdi. Kelajakda Rossiya termasidan ko'p narsalarni kutsa bo'ladi", - dedi murabbiy.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Russia Today