Mourinyu "Roma"ga "Lion" xavbekini olib kelmoqchi

Mirjalol Normatov
29 dek 2021, 23:52
"Lion" yarim himoyachisi Bruno Gimaraynsh "Roma" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.

"Globo" xabariga ko'ra, 24 yoshli braziliyalik futbolchining jamoaga kelishini rimliklar ustozi Joze Mourinyuning o'zi istamoqda. Italiya klubi futbolchining transferi uchun 30 million evro to'lashga tayyor turibdi. Ammo "Lion" transfyerdan kamida 45 million evro ishlab olmoqchi. Tomonlar muzokaralarni davom ettirmoqda.

Ushbu mavsumda Gimaraynsh 17 o'yinda ishtirok etib, 2 golga assist bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Globo