

Ilgariroq “Real” rahbariyati jamoa bosh murabbiyi roliga Lopetegi o'rniga aynan Mourinyoni ko'rish niyatida ekanligi haqida xabarlar tarqalgandi. Portugaliyalik murabbiy 2010-2013 yillarda qirollik klubini boshqargan va jamoa bilan Ispaniya chempionligi, mamlakat kubogi hamda Superkubogida g'olib chiqqan.
“Yo'q, men yana “Real”ni boshqarishni istamayman. Mening kelajagim Angliyada. Chunki jamoam bilan shartnomam bor va Manchesterda o'zimni baxtiyor his etayapman. Shartnomam yakuniga qadar Manchesterda qolaman va keyingi faoliyatimni ham Tumanli Albionda davom ettirish niyatidaman”, deya Mourinyoning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda The Guardian.



