Mourinyo Pogbaning o'rniga boshqa futbolchi topib qo'ydi

Mirjalol Normatov
4 sen 2018, 21:44
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyo yarim himoyachi Pol Pogbaning qishda jamoani tark etishiga tayyorgarlik ko'rmoqda.

"Goal" xabariga ko'ra, portugaliyalik mutaxassis Pogba jamoani tark etsa, "Real"dan Toni Kroosni jamoaga jalb qilishni rejalashtirmoqda. Oldin ham MYU germaniyalikka xaridor bo'lgan, biroq "qirollik klubi" bunga rad javobini bergandi.

Ayni damda Pogbaga "Yuventus" va "Barselona" qiziqish bildirmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal