

"Golni avvaliga avtogol deb o'yladim, biroq bu ahamiyatsiz. Asosiysi - natija. Fransiya termasi yetakchilari bahsda o'zlarini noqulay his qilishdi. Mbappe, Dembele va Grizmann yaxshi o'yin ko'rsata olishmadi. Yarim himoyachilar haqida ham shunday deyman.
Pogba haqida nima deyman? Ayrim vaziyatlarda u yetakchilikni o'z qo'liga olishga intildi. O'z jarima maydonidan raqib jarima maydoniga qadar bo'lgan masofada harakat qildi. Pogba ko'proq hujumga yaqin o'ynagani uchun g'alaba golini urdi", - dedi Mourinyo.



