

"Pedroning transferini "Manchester Yunayted" ustidan qozonilgan g'alaba demagan bo'lar edim. Pedro endi yangi klubda tajriba orttirish imkoniyatidan rohatlanadi.
Pedro "Barselona"ni tark eta olgani meni hayron qoldirdi. U jahonning eng yaxshi hujumkor futbolchilaridan biri.
Jamoaning bu haftadagi mashg'ulotida ko'nglim to'ldi. Jon Terri qolganlar kabi professionallarcha shug'ullandi. Natija yo'q va ishlash kerakligini barcha tushunib turibdi.
"Vest Bromvich" bilan o'yinda darvozani Tibo Kurtua qo'riqlaydi, Viktor Mozes va Oskar jarohat tufayli umumiy guruhda mashg'ulot o'tkazayotgani yo'q. Ular o'naydimi, yo'qmi, aniq bilmayman" - deydi murabbiy.



