Mourinyo - ochkolarning yo'qotilishi haqida: "Men buning sabablarini bilaman"

Mirjalol Normatov
16 apr 2021, 00:15
"Tottenxem" bosh murabbiyi Joze Mourinyo jamoasi hisobda oldinda bora turib, ochkolar yo'qotishi haqida gapirdi.

Ushbu mavsumda "shporlar" APL doirasida hisobda oldinda bora turib, 18 ochko yo'qotdi.

"Buning sababini bilaman. Ammo bunga har tomondan qarab ko'rish kerak. Demak, jamoa o'yinni yaxshi boshlaydi va hisobda oldinda boradi. Bu yaxshi aspekt.

Boshqa tomondan olib qarasak, rostdan ham, g'alaba qozonib turgan paytda nazoratni yo'qotib qo'yyapmiz. Buni tan olish kerak.

Biroq buni xalq oldida muhokama qilishga tayyor emasman. Balki, umuman bunday bo'lmas. Shunchaki buni muhokama qiladigan ma'lum insonlarimiz bor", - dedi portugaliyalik.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia