

Ushbu mavsumda "shporlar" APL doirasida hisobda oldinda bora turib, 18 ochko yo'qotdi.
"Buning sababini bilaman. Ammo bunga har tomondan qarab ko'rish kerak. Demak, jamoa o'yinni yaxshi boshlaydi va hisobda oldinda boradi. Bu yaxshi aspekt.
Boshqa tomondan olib qarasak, rostdan ham, g'alaba qozonib turgan paytda nazoratni yo'qotib qo'yyapmiz. Buni tan olish kerak.
Biroq buni xalq oldida muhokama qilishga tayyor emasman. Balki, umuman bunday bo'lmas. Shunchaki buni muhokama qiladigan ma'lum insonlarimiz bor", - dedi portugaliyalik.



