

Manbaning xabariga ko'ra, portugaliyalik mutaxassis ilgari birga ishlagan "Manchester Yunayted"ning uch nafar futbolchisini yozda rimliklar safiga jalb qilishi mumkin. Gap mankunianliklar bilan shartnomasi tugaydigan Diogu Dalot, Erik Bayi va Nemanya Matich haqida ketmoqda.
Mourinyo "Aston Villa" yarim himoyachisi Duglas Luisni ham klub safiga taklif qilishni istaydi, biroq braziliyalik futbolchining transferi dargumon ko'rinadi, chunki "Manchester Siti" va "Arsenal" hamon unga da'vogarlik qilishmoqda.
Eslatib o'tamiz, o'tgan yili Mourinyo hujumchi Temmi Abrahamni "Roma"ga taklif qilgandi, buning uchun "bo'rilar" "Chelsi"ga 40 million evro to'lagandi.



